Dasturni o‘qitishdan asosiy maqsad – VUCA (o‘zgaruvchanlik, noaniqlik, murakkablik va mavhumlik) dunyo konseptida 9–11-sinf o‘quvchilarida axloqiy dunyoqarashni rivojlantirishning nazariy-metodologik yondashuvlari, pedagogik asoslari, hamda bir qator amaliy axloqiy dunyoqarash ko‘nikmalarini rivojlantirishdir.
Shuningdek, bugungi zamonaviy ta’limning imkoniyatlariga tayangan holda VUCA muhitida o‘quvchilarning axloqiy ongini rivojlantirish, ularda mustaqil hamda mas’uliyatli qaror qabul qilish kompetensiyalarini rivojlantirish, ta’lim-tarbiya jarayonini Blended Learning hamda ilg‘or raqamli texnologiyalar orqali samarali va tizimli tashkil etish asosiy maqsad sifatida belgilanadi.